...

28 Noy

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi

Jizzax politexnika institutining fakultetlari jamoalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarorining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut fakultetlari jamoalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi tanlovi tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, tyutorlar hamda barcha fakultet jamoa a’zolari qatnashdi.

Dastlab, tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. M.Xolbekova barcha tadbir ishtirokchilarini “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Nizomi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanloviga start berildi. Musobaqada institutning 7 ta fakultetidan jamoalar ishtirok etdi:

  • 1. Energetika va radioelektronika fakultetidan “Energy” jamoasi;
  • 2. Kimyoviy texnologiya fakultetidan “Atom” jamoasi;
  • 3. Servis fakultetidan “Chempion” jamoasi;
  • 4. Transport fakultetidan “Allo” jamoasi;
  • 5. Qurilish materiallari muhandisligi fakultetidan “Jizzaxlik og‘alar”;
  • 6. Sanoat texnologiyalari fakultetidan “Lider” jamoasi.

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovida I o‘rinni Energetika va radioelektronika fakultetidan “Energy” jamoasi, II o‘rinni Servis fakultetidan “Chempion” jamoasi, III o‘rinni Kimyo texnologiyalari fakultetidan “Atom” jamoalari egallashdi.