...

30 Noy

“Jaholatga qarshi ma’rifat” — navbatdagi seminar

Joriy yilning 30-noyabr kuni Jizzax politexnika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jizzax viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o‘rinbosari L.E.Ahmadjonov, Jizzax viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi M.S.Xamidov,  Jizzax viloyati Davlat xavfsizlik xizmati bo‘lim boshlig‘i A.A.Ibrohimov, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi D.Xamroqulov, institut profilaktika inspektori, mayor F.Normatov, institut psixologi O.Rajabov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Servis fakulteti dekan o’rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni birinchi prorektor S.Eshbekova ochib berib, bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularning oldini olish masalalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan bu kabi targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati, talaba-yoshlarning milliy o‘zligini bilgan, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, bunyodkor g‘oyalar bilan hamohang ravishda zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishlari zarurligi haqida batafsil to’xtalib o’tildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ular tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi. Tadbir barcha talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.