...

03 Dek

Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Jizzax politexnika instituti «Marketing va talabalar amaliyoti» bo’limi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali hamkorligida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad Davlat xizmatlari agentligi faoliyati bilan talaba-yoshlarini yaqinda tanishtirish, kelgusida davlat xizmatlar sohasida ish boshlamoqchi bo’lgan talabalarga bu haqida kengroq tushunchalar berish hisoblanadi. Tadbir avvalida institutning «Qurilish materiallari muhandisligi» fakulteti dekani M.Mirzabekov so’zga chiqib, talaba-yoshlarga kelgusida o’z sohalari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishlari uchun kerakli maslahatlar va ishga joylashishda kerak bo’ladigan malaka haqida tushunchalarni berdi.

Keyingi o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo’limi yetakchi inspektori Z.Beknazarov so’zga chiqdi. U o’z so’zida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ish faoliyati haqida batafsil to’xtalib, kelgusida Davlat xizmatlari sohasida ishlamoqchi bo’lgan bitiruvchi yoshlarni malaka talabalari bilan tanishtirib o’tdi. Shuningdek, «Marketing va talabalar amaliyoti» bo’limi bosh mutaxassisi G.Xojiyeva so’zga chiqib, talaba-yoshlarga viloyatimizdagi bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot taqdim etdi va ularga ishga joylashish masalasida qaysi birlashma va tashkilotlarga murojaat qilishlari kerakligi, shu bilan birga hozirgi kunda ish izlashda ilg’or o’rinda turgan saytlardan ma’lumot olishlari kerakligi haqida tushunchalar berdi.

Tadbirda talaba-yoshlar o’zlari uchun qizib bo’lgan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.