...

03 Dek

Institutimizda Turkiyaning Ege universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ege universitetining Suvchilik fakulteti dekani professor Dr.Mehmet Tolga Dinçer, xalqaro konsultant Nedim Dilsiz, Selma Onbashi va Qishloq xo’jaligi fakulteti muhandisi Ozgur Aykaya institutimizga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish va xorijiy loyihalarda birgalikda ilmiy ishlar olib borish to’g’risida davra suhbati bo’lib o’tdi. Navbatda bo’lib o’tgan onlayn uchrashuv davomida ikki tomon o’rtasida rejalashtirilgan xalqaro loyihalar to’g’risida suhbatlashildi. Shuningdek, uchrashuv yakunida har ikki tomon bir-biriga esdalik sovg’alarini ulashdi.