- 2022-12-03 15:14:28
#diqqat #elon #tanlov: Videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
⚡️ Jizzax politexnika instituti milliy o‘zligini bilgan, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, bunyodkor g‘oyalar bilan hamohang ravishda zamon bilan hamnafas qadam tashlaydigan talaba-yoshlarni «Jaholatga qarshi maʼrifat» mavzusida boʻllib oʻtadigan videoroliklar tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.
🕐 Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 15-dekabr sanasiga qadar (shu kuni ham) oʻz ijodiy ishlaringizni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limiga taqdim etishingiz kerak boʻladi.
🏆 Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar 1-oʻrin sohibi uchun 2 million soʻm, 2-oʻrin sohibi uchun 1,5 million soʻm, 3-oʻrin sohibi uchun esa 1 million soʻm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
❗️Diqqat!!! Videorolik talabaning o’z shaxsiy ijodiy ishi bo’lishi shart.
📌 Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin.