...

05 Dek

O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakillari JizPIga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 5-dekabr sanasida Jizzax politexnika institutiga O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakillari Hamkorlar bilan ishlash bo’yicha koordinator Amirsaid Sadikov, Imtihonlar bo‘limi boshlig‘i Andrey Maksakov, Baholash va test tizimlari bo‘yicha yechimlar ishlab chiqarish jamoa vakili Aidan Hollandlar tashrif buyurdi.

Uchrashuvda talabalarning xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlari va bu orqali xalqaro loyihalar, grandlar va turli stipendiyalarda ishtirok etish imkoniyatlari to‘g‘risida suhbat olib borildi.

Shuningdek tomonlar institut va kengash o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va kadrlar tayyorlashdagi hamkorliklar to’g’risida suhbatlashishdi. Suhbat yakunida har ikki tomon o’rtasida sovg’alar almashinildi.