...

09 Dek

“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida “Eng yaxshi plakat” tanlovi

Jizzax politexnika institutida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida “Eng yaxshi plakat” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda institutda tahsil olayotgan 60 nafardan ortiq talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Ushbu tadbirni kirish so‘zi bilan institutning Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bo’limi boshlig’i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. M.Xolbekova o’z so’zida korrupsiya va uning ijtimoiy-ma’naviy zararlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

 Tadbir davomida talabalar plakatlari va mo‘yqalamlari bilan o‘z joylarini egalladilar va rasm chizishni boshlashdi.

Talabalar tomonidan uch soat davomida rasmlar chizilib, ranglar berildi. Tadbir yakunida ishchi guruh tomonidan chizilgan rasmlar baholandi.

“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi plakat” tanlovida:

 Birinchi o‘rinni – Arxitektura va qurilish fakulteti 203-22 B va IQ guruhi talabasi Abdujalilov Husniddin;

Ikkinchi o‘rinni – Servis fakulteti 512-21 Menejmant guruhi talabasi Uzoqova Xonzoda;

Uchinchi o‘rinni –  Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti 803-20 QMB va KICH guruhi talabasi Axmadjonov Mirjalol egalladi.

 Plakatlarga chizilgan tasvirlar ko‘rgazmaga kelgan talabalar tafakkurida korrupsiyaning davlat va insoniyat kelajagi tomiriga bolta urishi hamda uni tanzzulga yuz tutishi haqidagi tasavvurga ega bo‘lishiga ko‘maklashdi.