...

10 Dek

JizPIda Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan...

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Shuhrating porlasin toki bor johon” shiori ostidagi bayram tantanasi bundan biroz vaqt avval o‘z yakuniga yetdi.

Bayram tadbirida Jizzax viloyat hokimligi vakillari va viloyat shahar tashkilotlari rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari, jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida madhiyamiz Jizzax politexnika instituti talabalari tomonidan ijro etildi.

Shundan so’ng tadbir ishtirokchilariga so’z navbati berilib, ular mavzu doirasida ma’ruzalar qilishdi.

Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan Davlat madhiyasining 30 yilligi munosababti bilan tayyorlab kelingan kuy-qo‘shiqlar va she’rlariga navbat berildi.

Talaba-yoshlar hamda xushovoz xonandalar tomonidan tashkil etilgan vatanni ulug‘lovchi milliy raqslardan iborat kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur boʻldi.