...

12 Dek

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Mazkur tadbirda Jizzax viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari L.Ahmadjonov, Jizzax viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi M.Xamidov, Jizzax viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimasi O‘.Sattorova,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahmonova,  institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. M.Xolbekova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi  D.Xamroqulov, institut profilaktika inspektori, mayor F.Normatov, institut psixologi O.Rajabov, Energetika va radioelektronika fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan muovini B.Mamatqulov, Servis fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini D.Xushvaqtov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. M.Xolbekova ochib berdi. M.Xolbekova o‘z so‘zida mavzu doirasida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi.

So’zga chiqqanlar tomonidan hayotiy misollar orqali fikr-mulohazalar bildirildi.

Shundan so‘ng “Soxta da’volar” videoroligi namoyish etildi.

Tadbir davomida talabalarning savollariga soha mutaxasislari tomonidan batafsil javob berildi. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.