...

16 Dek

JizPIda “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov jarayonida institutning Energetika va radioelektronika fakulteti dekani U.Yarlakabov, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti dekani M.Mirzabekov, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i I.Islomov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari B.Mamatqulov, G.Soatova, O‘.Suyunov, O.Qosimov, Sh.Shermatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari R.Abrorova, M.Mahramov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tanlov bo‘yicha tashkil etilgan tadbirni Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i I.Islomov ochib berdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 11-apreldagi “Oliy ta’lim muassasalarida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 14-sonli qo‘shma qarori mazmuni, qaror bilan tasdiqlangan Nizom hamda institutda mavjud fakultetlarda tashkil etilgan teatr jamoalari faoliyati bilan tanishtirib, tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Tanlovni Kimyoviy texnologiya fakulteti 703-21-guruh talabasi B.Isoqov olib bordi. Boshlovchi o‘z so‘zida fakultetlarning tanlovda qatnashayotgan jamoalari bilan tanishtirdi.

Tanlovda Kimyoviy texnologiya, Transport, Qurilish materiallari muhandisligi, Energetika va radioelektronika, Servis fakultetlarining jamoalari ishtirok etdilar. Qur’a tashlash yo‘li bilan jamoalarning chiqishi tartiblanib olindi.

Tadbirda barcha qatnashchilar ishtirokida Hakamlar hay’ati Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i I.Islomov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari R.Abrorova, M.Mahramovlardan iborat tarkibda saylandi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi boshlandi. Kimyoviy texnologiya fakulteti teatr jamoasi tomonidan “Hind filmidan parcha” ko‘rinishi tomoshabinlar ixtiyoriga havola etildi. Sahna ko‘rinishi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Ikkinchi bo‘lib, Transport fakultetining teatr jamoasi tomonidan G‘.G‘ulomning “Shum bola” asari asosida spektakl namoyish etildi. Tomoshabinlar tomonidan Shum bola roli ijrochisining mahorati iliq kutib olinib, olqishlandi.

Servis fakulteti teatr jamoasi tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘.Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” asaridan “Eng og‘ir gunoh”, “Gilam paypoq” hikoyalari asosida sahnalashtirilgan spektakl tomoshabinlar ixtiyoriga havola etildi. Sahna asari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Onaning o‘g‘li rolini ijro etgan Servis fakulteti talabasi U.Nurmurodovning ijrosi barchaga manzur bo‘ldi.

Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti teatr jamoasi tomonidan tomoshabinlar hukmiga havola etilgan “Davlat bolalari” spektakli mavzuning to‘liq yoritilishi, ijro va mahorat yuzasidan barchaga birdek ma’qul bo‘ldi. Sahna asaridagi Bahora rolini ijro etgan Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti talabasi Ro‘zimurodova Sevinchning mahorati tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Shundan so‘ng Energetika va radioelektronika fakulteti talabalar teatr jamoasi tomonidan “Zamonaviy kelinlar qo‘zg‘oloni” spektakli namoyish etildi. Talabalar ijro mahorati, musiqiy chiqishlar barcha tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Hakamlar hay’ati tomonidan tanlovda namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari – spektakllar Nizom asosida baholandi. Talabalarning chiqishlaridagi, ijroda yutuq va kamchiliklar e’tirof etildi. Tomoshabinlarning e’tirofi va e’tibori qayd etildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra jamoalarga quyidagi nominatsiyalar berildi:

“Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti teatr jamoasining “Davlat bolalari” spektakliga;

“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” nominatsiyasi Servis fakulteti teatr jamoasining “Dunyoning ishlari” spektakliga;

“Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” nominatsiyasi Energetika va radioelektronika fakulteti talabalar teatr jamoasining “Zamonaviy kelinlar qo‘zg‘oloni” spektakliga;

“Eng yaxshi erkak roli uchun” Servis fakulteti talabasi U.Nurmurodovga;

“Eng yaxshi ayol roli uchun” Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti talabasi Ro‘zimurodova Sevinchga nasib etdi.