...

17 Dek

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari JizPIga tashrif buyurdi.

Jizzax politexnika institutiga O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Shaxloxon Turdikulova va Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Fazilat Qodirovalar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida institutning Transport vositalari muhandisligi va Energetika kafedralariga tegishli ilmiy-o‘quv va ishlab chiqarish laboratoriyalari bilan tanishib chiqishdi.

Shuningdek, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi hamda stajyor tadqiqotchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatiga oid muammo va takliflari o‘rganildi. Undan tashqari institut ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan loyihalar bilan ishlash tizimini transformatsiya qilish, (THE IMPACT RANKING) ga reporter sifatida kirish, xalqaro reytinglardagi nufuzni oshirish, barcha o‘qituvchilarga Researchgate, ORCID, LinkedIN, Google Scholar va boshqa bazalarda profil ochish, professor-o‘qituvchilarning Scopus va Web of science bazalaridagi xirsh indeksini oshirish, ularni ilmiy stajirovkalarga yuborish, institutda professor-o‘qituvchilar uchun KPI tizimini joriy qilish hamda xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda loyihalar bajarish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.