...

17 Dek

Talaba-yoshlar uchun harbiy qismda “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti xodimlari hamda talaba-yoshlari shahrimizdagi harbiy qismga tashrif buyurishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-229-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Dasturning 10-bandida oʻquvchi va talaba-yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida ularni harbiy qismlarda, oliy harbiy taʼlim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish uchun “Mard askar – yoshlarga namuna” shiori ostida “ochiq eshiklar kuni”ni uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy – vatanparvarlik tadbirlari, suhbat-munozaralar, sport oʻyinlarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti Qurilish materiallari muhandisligi fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o’rinbosari O’.Suyunov, fakulteti tyutorlari S.Bobobekov, B.Xasanov va fakultet talaba-yoshlari Jizzax gornizoni 85931-harbiy qism 524 SCHRB harbiy qismlariga tashrif buyurishdi. Bu tashrif talabalarda vatanga sadoqat, mehr-muhabbat, vatanni ardoqlash kabi ijobiy hislatlarni yanada uyg’otgani shubhasiz. Tashrifdan talabalar ko’tarinki kayfiyat va yuksak taassurotlar bilan qaytishdi.