...

22 Dek

“Young Scientists Alumni Reunion 2022” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

“Young Scientists Alumni Reunion 2022” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Bunyodjon Oxunov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yosh olimlarga alohida e’tibor va ko‘mak berish yuzasidan topshirilgan vazifalari bo‘yicha shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Xususan, yosh olimlarning stajirovkaga yuborilishi bo‘yicha hisobot taqdimotini o‘tkazdi.

E’tiborlisi shundaki, Jizzax politexnika instituti Transport logistikasi kafedrasi o’qituvchilari Nishonov Azizbek va Turatov Bekzodlar O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo’yicha o’tkazilgan saralash tanlovlarida g’olib bo’lib, 2023-yilda Yevropaning nufuzli Universitetlaridan biri hisoblangan «Zilina Unversity»da 1 oylik ilmiy stajirovka o’tab kelish imkoniyatini qo’lga kiritishdi.

Eslatma: Stajirovkalarga yuborish bilan bog’liq xarajatlar o’rnatilgan tartibda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2023-yil davomida moliyalashtiriladi.