...

23 Dek

Fakultetda "Karera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Joriy yil 22-dekabr kuni Energetika va radioelektronika fakultetida «Karera kuni» mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda fakultetga qarashli kafedra professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari o‘z ishlanmalari va ko‘rgazmali qurollari bilan ishtirok etishdi. Fakultetdagi kafedralarning tashabbusi bilan tashkil etilgan «Karera kuni» mehnat yarmarkasiga viloyatda joylashgan “Jizzax HETK”  AJ korxonasi, «Elektr-elant fayz» MCHJ, «Jizzakh cement Plant» MCHJ, «Zomin tumani elektr tarmoqlari» AJ korxonasi, UMS kompaniyasi, UZTELEKOM, Roison zavodi, Transelektronik Zomin filiali, Jizzax suv ta’minot korxonasi, MK-13 mexanizatsiyalashgan montaj korxonasi, Jizzax magistral elektr ta’minoti korxonasi, Jizzax IT-park, Jizzax “ECOCLIMAT” MCHJ kabi yetakchi korxona va tashkilotlardan soha vakillari ishtirok etishdi.