...

27 Dek

Institut professor-o‘qituvchilari bilan seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Jizzax politexnika institutining barcha binolaridagi zallarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, kelgusi 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi islohotlar borasida institut professor-o‘qituvchilari bilan seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur seminar-treningda institutning «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza va taqdimotlar qilindi.

Seminar-trening savol-javoblarga va turli taklif hamda mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.