...

30 Dek

O'qituvchilarimiz diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdilar.

Bugun viloyat hokimligi majlislar zalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni viloyat hokimi o‘rinbosari A.Savurboyev va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i I.Umarova olib bordi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ishtirok etishdilar. Tadbirda Jizzax politexnika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilaridan, falsafa doktorlari (Phd) Turatov Shuxrat va Xidirov Xoshimlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Jizzax viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan joylarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy-huquqiy tadbirlardagi faolligi, viloyatdagi korxona, tashkilot va o‘quv muassasalarida hamda keng aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi tashabbuskorligini e’tirof etgan holda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdilar.