...

06 Yan

Institutimiz tyutorlar tomonidan navbatdagi o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.

Ma’lumki, institutimizda tyutorlar tomonidan o‘quv-seminarlari ikki kundan buyon ikki smenada tashkil etilmoqda. Bugun ham tyutorlar ishtirokida “Tyutorning maqsadi, vazifalari va majburiyatlari” hamda “Tarbiya hayot-mamot masalasi” mavzularida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-seminarlarida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Oʻquv-seminarlarini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning mazmun mohiyati haqida gapirdi.

Shundan so’ng, asosiy qismga navbat berildi. Oʻquv-seminarlarining asosiy qismida tyutorlar tomonidan ishtirokchilarga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berildi, taqdimotlar qilindi.

Oʻquv-seminarlari davomida tyutorlar oʻzaro fikr va tajriba almashdilar.

Shuningdek, o‘quv-seminarlari davomida tinglovchilar uchun foydali metodlar, yondashuvlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.