...

14 Yan

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator onlayn tadbirlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax politexnika institutida bir qator onlayn tadbirlar tashkil etildi.

«Vatanga sadoqat — eng oliy ne’mat» mavzusida onlayn tadbir – Sanoat texnologiyalari fakulteti

   

Tadbirda institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani I.Abbazov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Shamshiyev, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar onlayn ishtirok etdilar.

«Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz» mavzusida onlayn tadbir Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiyalar fakulteti 

Tadbirda institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani M.Mirzabekov, Jizzax garnizoni 524 SChRb KTIBO’ kapitani Z.Raximov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O’.Suyunov, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar onlayn ishtirok etdilar.

«Mening armiyam – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir» mavzusida onlayn tadbir – Transport fakulteti 

Tadbirda institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Transport fakulteti dekani S.Djiyanbayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.Soatova, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar onlayn ishtirok etdilar.

Mazkur onlayn tadbirlarda so’zga chiqqan ma’ruzachilar Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch ekanligi, bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari bo‘lgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida e’tirof etildi.

Ma’ruzachilar tadbir ishtirokchilariga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, tadbirda fakultetlarning iqtidorli talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy va qo’shiqlar ijro etilib, chiqishlar namoyish etildi.

O’tkazilgan ushbu onlayn tadbirlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.