...

15 Yan

JizPI Akademik litseyi o'quvchisi 44 500 dollar miqdorida grant yutib oldi.

Jizzax politexnika instituti akademik litseyining Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi 1-bosqich 204-guruh talabasi Anorboyev Javohir Laziz o‘g‘li bir vaqtning o‘zida ikkita nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasasiga grant asosida talabalikka qabul qilindi.

AQSHning Arizona universiteti Biznes boshqaruvi fakultetiga qabul qilingan Javohir Global Wildcat ta’lim mukofotini yutib oldi va unga 2023-yil kuzidan boshlab har o’quv yili uchun 22 000 dollar miqdorida mablag’ ajratildi.

Shveysariyaning Franklin universiteti tomonidan 2023-24-o’quv yili uchun 22 500 dollar miqdorida mukofotni ham qo’lga kiritgan Javohir bu yutuqlar bilan cheklanmoqchi emas. U hali ko’plab nufuzli oliygohlarga hujjat topshirgan va natijalarini kutyapti.

O’quvchimizning ushbu yutug’i bilan ota-onasini hamda ustozlarini tabriklaymiz!!!