...

17 Yan

JizPI assistenti “Hokim kubogi” musobaqalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jizzax viloyatidagi korxona, boshqarma hamda tashkilotlar rahbarlari va xodimlari o‘rtasida “Hokim kubogi” uchun ommaviy sport festivali musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi.

Institutning Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti, Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedrasi assistenti Boboqulova Shaxzoda sportning stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.