...

22 Yan

EGE universiteti vakillari bilan navbatdagi onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Jizzax politexnika instituti Bino va inshootlar qurilishi, Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedralari professor-o‘qituvchilari va Turkiyaning EGE universiteti Qurilish fakulteti vakillari o’rtasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

2023-yilning 20-yanvar 16:00da  Jizzax politenika institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J.Abdunazarov boshchiligida Qurilish materiallari muhandisligi fakultetining professor-o‘qituvchilari va Turkiyaning EGE universiteti Qurilish fakulteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikda ishlar olib borish bo‘yicha kelishib olindi.

TUBITAK doirasida bir qancha qurilish va energiya samardorligiga oid loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan ma’lumotlar almashildi va o‘zaro kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi mudiri N.Asatov va Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedrasi mudiri O.Berdievlar so‘zga chiqib sohaga doir ilmiy ishlar va izlanishlar olib bor bo‘yicha ham ko‘plab takliflarini kiritdilar.

Shuningdek EGE universiteti vakillari sifatida Emre Ercan, Bahri Basharan, Ibrahim Shenturklar so‘zga chiqib yuqorida berilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, qo‘shimchalar berishdi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun kelishuvga erishishdi va onlayn uchrashuv yakunladi.