...

25 Yan

Talabalar turar joyida psixolog bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularga psixologik ko‘nikmalar berish maqsadida talabalar turar joyida psixolog bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institutning Jizzax viloyat reabilitatsiya markazi psixologi D.To‘ychiyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, institutning Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Tursunova, Talabalarni turar joylar bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i I.Islomov, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning mazmun mohiyati haqida gapirdi.

Shundan so’ng, so’z Jizzax viloyat reabilitatsiya markazi psixologi D.To‘ychiyevaga berildi. D.To‘ychiyeva o’z so’zida talaba-yoshlarni vaqtni bekor oʻtkazmaslikka, yetuk mutaxassis boʻlishga, hayot yoʻlida sabr-toqatli va intiluvchan boʻlishga chaqirdi hamda oʻzining hayot tajribalaridan misollar keltirib oʻtdi.

Shuningdek, talabalarga psixolog kimligi, u nima vazifani bajarishi, qachon va qaysi muammolar yuzaga kelganda psixologga murojaat etish kerakligi, psixologning funksional vazifasi nimalardan iborat ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Talabalarga savollar berilib, savollar natijalari talabalar orasida muhokama qilindi. Psixolog tomonidan jahlni jilovlay bilmaslik asablarning zo‘riqishiga olib kelishi va natijada yoshlarning do‘stlari, o‘qituvchi va ota-onalari o‘rtasidagi munosabatlarda muammolar yuzaga kelishi, bu esa ularning sog‘ligi bilan birga o‘qishiga ham jiddiy xavf solishi tushuntirildi va ularga psixologik maslahatlar berildi.

Tadbir davomida iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.