...

04 Fev

Stipendiantlarga guvohnomalar tantanali tarzda topshirildi.

Ma’lumki, 2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 564 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Prezident davlat stipendiyasi — 72 nafar;

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 99 nafar;

Navoiy nomli davlat stipendiyasi  — 234 nafar;

Beruniy nomli davlat stipendiyasi — 95 nafar;

Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi — 26 nafar;

Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 21 nafar;

Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi — 3 nafar;

Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi   — 8 nafar;

To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi — 6 nafar

 

Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari ham Davlat stipendiyalari uchun o‘tkazilgan tanlovda faol ishtirok etib, institut talabalaridan 1 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibasi, 1 nafari Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi hamda 4 nafari Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohib va sohibalari bo‘lishdi.

Kuni kecha stipendiantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari guvohnomalari tantanali tarzda topshirildi.

Shuningdek, tadbirda sovrindorlar, ularning ilmiy rahbarlari va ota-onalarini munosib e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz: Quyida qayd etilgan talaba-yoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohib va sohibalari hisoblanishadi: