...

07 Fev

Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olinmoqda — Transport fakulteti

 Ijarada yashovchi talabalardan doimo boxabar bo‘lish va ularning yashash sharoitlarini o‘rganish kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lmoqda.

Jizzax politexnika institutida faoliyat yuritayotgan fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar talabalarning muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topishga harakat qilishmoqda.

Institutda ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olish muntazam ravishda yo’lga qo’yilgan bo’lib, institut rahbariyati hamda fakultetlar hamkorligida ijarada turuvchi talabalarning yashash sharoiti, ularning turmush tarzi hamda yaratilgan sharoit bilan tanishilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurilmoqda.

Tashrif jarayonida ijara xonadonida yashaydigan talabalar va ijaraga beruvchi fuqarolar oʻrtasidagi munosabatni oʻrganish, yaratilgan imkoniyatlar, talabalarning yashash sharoitlari, dars tayyorlashlari uchun qulayliklar, talabalarning darsdan keyin nima ish bilan mashgʻul boʻlishi, bo‘sh vaqtlarini qanday oʻtkazishlari o‘rganilib kelinadi.

Talaba-yoshlarning muammolarini o’rganish maqsadida ular bilan suhbat uyushtirilib, ularga xavfsizlik qoidalariga amal qilish, sog’lom turmush tarziga rioya etish haqida tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, xonadon egalari bilan ham suhbatlashib, talabalarga sharoit yaratish va ularning nazorati bo‘yicha fakultet bilan hamkorlikda ish olib borish taklifi bildiriladi.

Xabaringiz bor, institutimizdagi barcha fakultetlar mas’ullarining ijarada xonadonlariga tashriflari haqida ma’lumot berib kelayapmiz. Bugun navbatdagi fakultet — Transport fakulteti mas’ullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tmoqchimiz. Quyida fakultet jamoasi faoliyatiga oid fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.

Fotolavhalarda fakultetning Yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari Soatova Go’zal , tyutorlar, Jumaboyev Ravshanbek, Xo‘jabekov Bobur, Otaqulov Zafar, Tangriyev Nodir, Meyliev Bobur, Naxalboyev Azizbeklarning Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan birgalikdagi tashriflari aks etgan.

Tashriflar davomida talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, qish mavsumida is gazi va isitish moslamalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.