...

08 Fev

ERASMUS+ dasturi doirasida xalqaro hamkorliklar davom etadi

Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor t.f.d., dots. Jamshid Abdunazarov, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Utkirjon Raxmatov va «Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» kafedrasi mudiri Xurshid Qiryigitov shuningdek, Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi Umida Murodovalar ishtirokida “Erasmus +” loyihasi doirasidagi hamkorlar bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda dastur a’zolari “Erasmus +” dasturi doirasida bajariladigan loyihalar bo’yicha to’liq tushuncha va tavsiflar berib o’tishdi. Uchrashuvda 2023- yil uchun bajariladigan rejalar to’g’risida fikr almashishdi.