...

14 Fev

TDTU professor-oʻqituvchilari Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida 10-fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Jizzax viloyatida sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Jizzax politexnika instituti professori Urishboy Yo‘ldashev muqobil energiya ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi.

Mazkur taklif doirasida hamkorlik qilish bo’yicha Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Alternativ energiya kafedrasining bir qator professor-oʻqituvchilari Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.

Institutda uchrashuv tashkil etilib, uchrashuv soʻngida yigʻilish ishtirokchilari hamkorlik borasida kelishib olishdi.