...

14 Fev

JizPIda “Olima ayollar - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jizzax politexnika institutida “Olima ayollar – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etildi.

Tadbirda JDPU “Kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori, k.f.d. Z.Yaxshiyeva, k.f.f.d. (PhD), dotsent K.Rashidova, k.f.f.d. (PhD), dotsent N.Mo‘minova, k.f.f.d. (PhD), dotsent D.Murodova, JizPI “Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya” fakulteti “Kimyo” kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Xakberdiyev, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi k.f.f.d. (PhD), dotsent N.Rashidova, “Kimyo” kafedrasi xodimasi L.Qurbanova, “Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya” fakultetining xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Karimova, “Kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni “Kimyo” kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Xakberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Navbatda “Olima ayollar – millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusida Jizzax davlat pedagogika universiteti “Kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori, k.f.d. Z.Yaxshiyeva va k.f.f.d. (PhD), dotsent K.Rashidovalar ma’ruza qildi. Ular o‘z ma’ruzalarida Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan olima ayollar va ularning ilmiy yo‘nalishlari haqida tahliliy ma’lumotlar va ular erishgan ilmiy natijalar to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Ilm shunday narsaki u igna bilan quduq qazish kabidir, uning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari, shirin va achchiq mehnatlari evaziga erisha olgan shirin yutuqlari ham bo‘lishi aytib o‘tildi.

So‘ngra k.f.f.d. (PhD), dotsent D.Murodova va N.Mo‘minovalar ham so‘zga chiqib, ularning fikr mulohazalariga qo‘shimchalar qilishdi. Binobarin olima ayollar tomonidan bajarilayotgan davlat ilmiy texnik dasturlari va innovatsion dasturlar to‘g‘risida ilmiy munozaralar qilishdi.

“Ilm – fan va texnologiyalarni rivojlantirishda ayollarning o‘rni” mavzusida Jizzax politexnika instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi k.f.f.d. (PhD), dotsent N.Rashidova ma’ruza qildi. N.Rashidova ma’ruzasida hozirgi zamon ilm-fani va texnologiylarni rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida fikr bildirib, unda yosh olima ayollarning olib borayotgan ilmiy izlanishlari va nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chiqargan maqolalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

“Ilimli, ma’rifatli qizlar – mamlakat tayanchi, millat tarbiyachisi” mavsuzida “Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya” fakulteti Prezident va Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi Z.Mullajonova ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida fakultetdagi iqtidorli talaba-qizlar olib borayotgan ilmiy taqdidot va sinov-konstruktorlik ishlar natijalari to‘g‘risida fikr bildirib, talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida o‘zi misolida gapirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, shuningdek, olima ayol hamda professor-o‘qitivchilar o‘zlarining hayot yo‘lini, erishgan yutuqlari va olib borayotgan faoliyati haqida o‘rtoqlashdi. uchrashuvda talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tadbir yakunida mehmonlarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.