...

16 Fev

Toshkent shahrida Volontyorlar uchun respublika o‘quv-seminari o’tkazilmoqda

Yoshlar ishlari agentligi Volontyorlar assotsiatsiyasi va Ekolog jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Volontyorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, eko-volontyorlar tizimini yo’lga qo’yish maqsadida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 70 nafar volontyor uchun “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida o’quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu seminarda eko-volontyorlik bo’yicha institutimizning Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakluteti 2-bosqich talabasi Azizova Safina ham qatnashmoqda.

Ma’lumot uchun, Safina institutimizda tashkil etilgan Volontyorlar markazining rahbari hisoblanadi. Respublika o’quv seminarida olib kelgan bilimlarini ushbu markazda tengdoshlariga ulashadi.

O’quv-seminar 17-fevral kuniga qadar davom etadi.