...

16 Fev

“INNO-DAY” IQTIDORLI YOSHLAR ILMIY-INNOVATSION TANLOVI O‘TKAZILADI.

2023-YIL 24-MART KUNI “INNO-DAY” IQTIDORLI YOSHLAR ILMIY-INNOVATSION TANLOVI O‘TKAZILADI.

Tanlov Jizzax politexnika institutining Sanoat texnologiyalari fakulteti va kafedralari iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda 2023-yil 24-mart kuni o‘tkaziladi. Tanlovni o‘tkazish maqsadi institutdagi yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, iqtidorli va iste’dodli yoshlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, ijod va bilim cho‘qqilarini egallashlariga ko‘mak berish, intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, ta’lim bilan birga turli yo‘nalishlarda innovatsion yondashayotgan, o‘z qobilyatlarini namoyon etayotgan yoshlarni izlab topish, ularning innovatsion g‘oyalarini targ‘ib etish, yangi iqtidor qirralarini ochish, talabalar orasida sog‘lom raqobat muxitini vujudga keltirish hisoblanadi.

____________________________________________________

TANLOV YO‘NALISHLARI VA SHARTLARI

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

  1. Paxta sanoati innovatsion texnologiyalari.
  2. Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash innovatsion texnologiyalari.
  3. To‘qimachilik sanoati texnika-texnologiyasi va innovatsiyalari.
  4. Dizayn va yengil sanoati innovatsion ishlanmalari.
  5. Atrof-muhitni tozalashda innovatsion ishlanmalar.

____________________________________________________

TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI VA MUDDATLARI

Tanlov 2023-yilning 24-mart kuni o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etuvchilardan fayl papkaga jamlangan quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

  • Innovatsion ishlanma maketi, uning qisqacha annotatsiyasi va taqdimoti;
  • Muallif haqida ma’lumotnoma (anketa);
  • Dekanat tomonidan beriladigan tavsiyanoma;
  • Ekspertlar xulosasi (tegishli kafedralardan olinadi);

Hujjatlarni qabul qilish Sanoat texnologiyalari fakulteti dekan muovini Z.Utashov (90 183-93-01) tomonidan 2023-yil 5-martga qadar qabul qilinadi.

____________________________________________________

TANLOVNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBLARI

  • Tanlov qatnashchisi ijodiy ishi dastlabki bosqichda tegishli kafedrada ko‘rib chiqiladi, tavsiyaviy xarakterdagi ekspertlar xulosasi, dekanning tavsiyanomasi olinadi;
  • Tanlovning so‘nggi bosqichi 24-martda har bir yo‘nalish va nominatsiyalar bo‘yicha fakultet dekani farmoyishiga ko‘ra tuzilgan malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan vaqt mobaynida ijodiy ish mualliflarining ko‘rik, suhbat, ijro jarayonlari, ularga qo‘shimcha savol va topshiriqlar berish bilan o‘tkaziladi;
  • Hakamlar hay’ati tanlovning baholash mezonlari asosida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni aniqlaydi va tanlov bayonida g‘olibni qayd etadi. Rasmiylashtirilgan tanlov bayoni hakamlar hay’ati barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
  • Tanlovning o‘tkazilishi bo‘yicha e’tiroz va shikoyatlar tanlov yakunlangan so‘ng bir kun ichida tegishli tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi.

____________________________________________________

TANLOV G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH

Tanlovda eng yuqori natijalarga erishgan har bir yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikat, diplom hamda ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hisobidan:

  • 1-o‘rin uchun bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 3 (uch) barobari;
  • 2-o‘rin uchun bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 2 (ikki) barobari;
  • 3-o‘rin uchun bazaviy hisoblash stipendiya miqdorining 1 (bir) barobarida rag‘batlantiriladi.

 

Yosh mualliflarning biznes reja tarzidagi to‘la asoslangan ishlariga intellektual mulk vositalari (patent va guvohnomalar)ni rasmiylashtirish va to‘lovni amalga oshirishda amaliy yordam beriladi. Shuningdek tegishli homiy tashkilotlar, vazirlik, idora va korxonalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi hamda ular uchun imkoniyat darajasida zarur sharoitlar yaratib beriladi.