...

21 Fev

“Inson — odobi bilan, Osmon —oftobi bilan!” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga qo‘yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish aynan ta’lim-tarbiya bilan, yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va ma’rifat asosida shakllantirish bilan bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Buni unitishga haqqimiz yo‘q.Yoshlar tarbiyasi, ayniqsa, xotin-qizlarning axloq-odobi va tartib-intizomi mukammal bir darajada bo‘lishi lozim. Institutda bu borada bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Jizzax politexnika institutida talaba-qizlar bilan “Inson — odobi bilan, Osmon —oftobi bilan!” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Tursunova, Arxitektura va qurilish fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi K.Fayzullayeva, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri X.Xamdamova, Arxitektura va qurilish, Transport, Energetika va radioelektronika fakultetlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

S.Eshbekova tadbirni kirish soʻzi bilan ochib, “Prezidentimiz har doim o‘z so‘zlarida bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ularning o‘qish va ishlash sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar, so‘nggi yillarda yoshlar, xususan, talaba xotin-qizlar uchun yaratib berilayotgan shart sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tadilar.

Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, ta’lim, ilm-fan va boshqa sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yoshlarimiz, xususan talaba-qizlarimiz ko‘p.

Talaba-qizlarning muvaffaqiyatlari barchamizni quvontiradi, institut obro‘siga obro‘ qo‘shadi. Ta’kidlash lozimki, qizlarning faolligi har doim rag‘batlantiriladi. Ta’lim-tarbiya sohasida faoliyatning asosiy qirralaridan biri talabalarni, xususan, talaba xotin-qizlarni jamiyatga ma’naviy barkamol qilib tarbiyalab yetkazib berishdan iboratdir. Talaba-qizlarning odob-axloqi mukammal bir darajada bo‘lishi jamiyat talabidir, chunki ular bo‘lajak onalardir”, – dedi o‘z chiqishida.

Navbatda B. Tursunova, X.Xamdamova, Energetika va radioelektronika fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Ibragimova, Transport fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xiloliddinovalar so‘zga chiqib, mavzu bo‘yicha keng va atroflicha tushuncha berib o‘tdilar.

Yig‘ilishda talaba-qizlarning fikr-mulohazalari ham tinglanib, ularga ko‘pgina foydali maslahatlar berildi.