...

04 Iyl

Jamoliddin Babaxanov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax politexnika institutida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Babaxanov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax politexnika institutida bo‘lib, institutda olib borilayotgan ishlar, qabul jarayonlari hamda yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida institut professor-o‘qituvchilari hamda yosh olimlari bilan kelajakda amalga oshiriladigan tadqiqotlar muhokama qilindi. Shuningdek, Jamoliddin Babaxanov kelajakda institut olimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.