...

03 Iyl

2023-2024 o‘quv yili uchun matbuot anjumani o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida . Unda Jizzax viloyatdagi 4 ta oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyasining mas’ul kotiblari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bo‘lim boshliqlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Anjumanda masʼullar tomonidan har bir oliygohda 2023/2024 o‘quv yili qabulini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan qabul komissiyasi faoliyati, davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari, yangi o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida davlat granti o‘rinlari soni o‘tgan yilgiga nisbatan oshganligi, abituriyentlarga yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va ulardan kimlar foydalana olishi, davlat testlari o‘tkaziladigan binolardagi tayyorgarlik holati, oliy taʼlim muassasalarida yangi ochilayotgan yo‘nalishlar haqida to‘liq maʼlumotlar berildi.

Anjuman yakunida OAV tomonidan mavzu doirasida berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.