...

02 Iyl

Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi

#live #ichki_turizm #sayohat
Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari uchun yurtimizning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri –

Bugun erta tongdan sayohatchilar manzil tomon yoʻl oldilar. (https://t.me/jizpi_online/23632) Ishtirokchilar sayyohat dasturiga ko‘ra, Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Jumladan, Oqsaroy majmuasi, Dorut-tilovat, Dorut-saodat, Ko‘kgumbaz jome’ masjidi, “Amir Temur” moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Chorsu bozori kabi tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shahrisabz shahriga tashkil etilgan maroqli va mazmunli sayohat yakunlangach, ishtirokchilar sayohatni qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida davom ettirishdi.