...

30 Iyn

30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan gala-konsert tashkil etildi

Bugun “O‘rda” ekologik bog‘ida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan gala-konsert tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdi.
Gala-konsert barcha yigʻilganlarga zavq ulashdi. Taniqli san’atkorlar tomonidan kuylangan qoʻshiqlar oʻyin-kulgularga ulandi.