...

30 Iyn

Talabalar uchun qulay shart-sharoit yaratish bosh maqsadimiz

Vazir: “Talabalar uchun qulay shart-sharoit yaratish bosh maqsadimiz”

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jizzax viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida olib borilayotgan  qurilish ishlari bilan tanishdi.

Vazir dastlab Jizzax politexnika institutida barpo etilayotgan Jizzax shahridagi “Ittifoq” MFY  huddida joylashgan 300 kishilik  talabalar turar joyi uchun qurilayotgan binoni koʻzdan kechirdi. Qurilish ishlarining sifatiga alohida eʼtibor qaratib, ishlarni oʻz muddatida, puxta amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shundan so‘ng Politexnika instituti hududida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan 400 kishilik  talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida vazir I.Abdurahmonov yotoqxona binosini ta’mirlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlarni berdi.