...

27 Iyn

Yoshlar akademiyasi tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi

26-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Yoshlar oyligida faol ishtirok etgan va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi va yig‘ilganlarni kelayotgan Yoshlar kuni va Qurbon hayiti bayramlari bilan tabrikladi.

Tadbirda “Yoshlar oyligi” davomidagi tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etgan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlar, shuningdek, “Teknofest” muhandislik-texnologiyalar festivalining 10 nafar g‘oliblari 10 mln so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, respublikaning 12 ta viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston respublikasidan saralab olingan 14 nafar yoshga “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Taqdirlanganlar orasida Jizzax politexnika instituti Arxitektura va qurilish fakulteti 212-20 MKK guruh talabasi Toliboyev Ilyos Ilxom o’g’li ham borligi barchamizni xursand etdi.

Ta’kidlash joizki, “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi va Yoshlar texnoparklari bilan birgalikda jami 26 ta tadbir va tanlovlar tashkil etilib, 15 850 nafar talaba-yoshlar qamrab olindi