...

30 Avg

JizPI psixologi tomonidan o‘tkazilgan seminar-trening

Jizzax politexnika instituti psixologi, viloyat psixologik xizmat markazi rahbari, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Orifjon Rajabov tomonidan professional ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va psixologlariga «O‘quvchi-yoshlarda deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi va uni korreksiya qilish» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar-treningda Jizzax viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Latifjon Axmadjonov, viloyat Davlat xafsizlik xizmati yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Abdimutolib Ibrohimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Donabek Karimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Xasanboy Begimqulov, hududiy boshqarma shoʻba mudiri Sirojiddin Tavboyev va mas’ul xodimi Mirjalol Turabekov hamda barcha professional ta’lim muassasalarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Seminar-trening umumiy yalpi yig‘ilish tartibida boshlanib, undan so‘ng shoʻbalarga taqsimlangan holatda o‘tkazildi. Keng muhokama va bahs munozaralar asosida o‘tkazilgan seminar-trening ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.