...

24 Avg

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Jizzax politexnika institutida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik olib borilib, talabalarni kutib olish hamda yangi o‘quv yilini boshlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

Yangi 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilishda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, bo‘lim boshliqlari, barcha fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.