...

19 Avg

Jizzax politexnika institutida viloyat hokimi sayyor qabul o‘tkazdi

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani aholisi uchun viloyat hokimi Ergash Saliyevning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Jizzax politexnika institutida o‘tkazildi.

Ommaviy sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Navbatdagi sayyor qabulda ham fuqarolarning murojaatlari 15 ta guruhga bo‘lingan holda viloyat hokimi, viloyat tashkilotlari rahbarlari tomonidan o‘rganildi.

Viloyat hokimi Ergash Saliyev sayyor qabulda so‘zga chiqib, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat doimiy e’tiborda va nazoratda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda o‘rganib ijobiy hal etish bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda tumanlar hokimlariga vazifalar belgilab berildi.