Hello

Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi

#yotoqxona #talabaga_qulaylik

Jizzax politexnika institutida talabalarni talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan hamda “Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur markazga ijarada turish uchun xonadon topmoqchi, shuningdek, talabalar turar joyiga joylashmoqchi boʻlgan talabalar murojaat qilishlari mumkin.