...

17 Avg

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX Axborot xizmati katta inspektori JizPIda

Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX Axborot xizmati katta inspektori, podpolkovnik D.Raxmatov va YHXX hududiy boshqarmasi katta inspektori Jizzax viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bilan birgalikda Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida sohaga oid kafedralardagi laboratoriya xonalari hamda talaba-yoshlarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish, yo‘llarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish borasidagi tadbirlarni tashkil etish, yoshlarning yo‘l harakati qoidalarga oid olgan bilimlarini amalda tatbiq etishiga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.