...

15 Avg

Talabalar turar joylari haqida

Bugungi kunda Jizzax politexnika institutiga qarashli 2 ta talabalar turar joylari mavjud.

1-sonli talabalar turar joyi Jizzax shahar O‘ratepalik MFY I.Karimov ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan(📍Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/nMxCh9zyiafGSCZd6). Bino 1992-yil qurilgan, 4 qavatdan iborat bo‘lib, sig‘imi 570 ta.

2-sonli talabalar turar joyi Jizzax shahar Yoshlik MFY Qaliya ko‘chasi 3B-uy manzilida joylashgan(📍Lokatsiya: https://goo.gl/maps/cjY6ptxgAkX6HQN67). Bino 2023-yilda qurilgan, 4 qavatdan iborat bo‘lib, sig‘imi 300 ta.

Talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi uchun turar joylarda barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus bo‘yicha san’at, sport, kompyuter texnologiyalari, kitobxonlik va tikuvchilik xonalari mavjud.

Talabalar turar joylarida “Ingliz tili IELTS” to‘garagi, “Dizayn”, “Vokal va dutor ijrochiligi”, “Tikuvchilik va to‘quvchilik” hamda boshqa to‘garaklar tashkil qilingan bo‘lib, muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatib keladi.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularga shart-sharoit yaratish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat xonalari, o‘quv zallari tashkil qilinib, ular zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, oshxona, dam olish (ota-onalar uchun) xonasi, xotin-qizlar xonasi, kir yuvish va quritish xonasi, kiyimlarni dazmollash xonalari mavjud.

Talabalar turar joyida tibbiyot xonalari tashkil qilinib, talabalarga birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, talabalar turar joyida Ayollar maslahat xonasi hamda Psixolog xonalari tashkil qilingan. Turar joylarning har bir seksiyasida hojatxona, issiq suv bilan ta’minlangan dush, yuvinish xonasi mavjud. Talabalar turar joyida institut axborot resurs markazining filiali tashkil etilgan bo‘lib, 3 mingga yaqin badiiy va ilmiy adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari bilan ta’minlangan.