...

12 Avg

#Professional_ta’lim

Jizzax politexnika instituti tomonidan professional ta’lim muassasalarida ta’lim jozibadorligini oshirish va o‘quvchilarga xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-apreldagi 02/19-7/04-2023-sonli xati hamda 2023-yil 11-apreldagi 17-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti tomonidan Zomin Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida nemis tillari bo‘yicha bepul o‘quv kurslarida 25 nafar o‘quvchi xorijiy tillarni egallamoqda.

O‘quv kursi mashg‘ulotlarini olib borish uchun texnikumda zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan auditoriya ajratilgan bo‘lib, vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida dars jadvali ishlab chiqilgan. Mazkur dars jadvali asosida o‘quv kurslari joriy yilning 26-aprel kunidan boshlab haftasiga 3 kundan (18 soatdan) bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, o‘quv kursiga jalb etilgan 25 nafar o‘quvchilar boshlang‘ich daraja olish sinovidan o‘tkazilganda 15 nafar o‘quvchilar boshlang‘ich A1 daraja sertifikatga ega bo‘ldilar. O‘quvchilar A2 darajani olishlari uchun o‘quv kursi mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.