...

09 Avg

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari davom etmoqda

#qabul_2023 #jarayon #fotogalereya

Bugun 2023/2024-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarining 9-kuni boʻlib oʻtdi.

Jizzax politexnika instituti tomonidan abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun bayramona dasturxon yozildi, malakali oshpazlar katta doshqozonda osh damladi.

Tashkil etilgan badiiy dasturlar orqali  ota-onalar OTM faoliyati bilan  yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ular tashkilotchilarga bayramona dasturxon-u shod-xurramlik uchun minnatdorlik bildirdilar.