...

08 Avg

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari

#qabul_2023 #jarayon #fotogalereya

Bugun shahrimizda 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining 8-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tashkil qilingan salqin kutish joylarida ota-onalar katta monitorlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon jarayonlarini kuzatib bormoqda.

Jizzax politexnika institutida tuzilgan ishchi guruh hamda “Volontyorlar guruhi” a’zolari mazkur jarayonda faol ishtirok etmoqda. Tashkil etilgan ko‘ngilochar dasturlar ota-onalar kayfiyatini ko‘tarib, abituriyent yoshlarga motivatsiya bermoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.