...

02 Avg

Rashidova Sayyora Sharafovna tavalludining 80 yilligi

🔹 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga, hamda Fanlar akademiyasining 80 yilligi, shuningdek taniqli fan va davlat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Rashidova Sayyora Sharafovna tavalludining 80 yilligiga bagʻishlab Fanlar akademiyasida “Xitin va uning hosilalarini tadqiq etishning fundamental va amaliy jihatlari” mavzusidagi xalqaro anjuman bugun o‘z ishini boshladi.

📌 Unda Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i Jahongir Ibragimov ham ishtirok etdi.

⏭ Xalqaro anjuman ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.