...

01 Avg

Jizzax politexnika instituti loyiha yutib oldi

Jizzax politexnika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Yaponiyaning  ALMEC korporatsiyasi  bilan hamkorlikda Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi JICE tashkilotiga taqdim etilgan loyiha yutib olinganligini maʼlum qilamiz.

Mazkur yangilik xalqaro onlayn uchrashuvda eʼlon qilindi. Onlayn uchrashuvda loyiha aʼzolari tarkibi shakllantirildi. Loyihaning asosiy ishtirokchisi hamda aʼzosi sifatida institutimizning Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori J.Abdunazarov ham ishtirok etdi.

Loyihani bajarilishi uchun konsorsium tarkibi, loyihaning asosiy ish rejasini ishlab chiqish uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad sifatida koʻrildi.