...

28 Iyl

“Axborot xurujlarining oldini olish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining yuqori suratlarda rivojlanishi, jamiyat va davlat hayotida keskin ijobiy o‘zgarishlarning yuz berishiga sabab bo‘lib insoniyat taraqqiyotini yangi bosqichlarga olib chiqdi. Zamonaviy axborot texnologiyalari jamiyat hayotida ko‘plab qulaylik va imkoniyatlar yaratishi bilan birga, ayrim muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Aksariyat hollarda ushbu muammolar axborot komunikatsiya vositalaridan va ularning imkoniyatlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanish oqibatida yuzaga chiqmoqda. Odam o‘z shaxsiy mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustaqil irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol.

Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, institutda “Axborot xurujlarining oldini olish”mavzusida talaba-yoshlar va xodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova, institut profilaktika inspektori F. Normatov, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova ochib berdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan axborot xurujlarining mazmun va mohiyati yoritib berildi.

Yakunda, savol-javob qismiga o‘tilib, ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berildi.