...

25 Iyn

Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz!

Ma’lumki, bugun 25-iyun kuni tonggi soat 06:00 da mamlakatimizning 16 ta shahrida “Xalqaro olimpiya kuni va Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi start oladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 2023-yil 23-iyundagi BQ-01/01-923-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur yugurish musobaqasida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida, Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti tyutori Uralov Laziz ham farzandi Mamadiyarov Imron bilan birgalikda faol ishtirok etganligi uchun tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.