...

23 Iyn

Talabalar turar joyida “O‘zbegim oshlariga marhamat!” nomli osh chempionati o‘tkazildi

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 30-maydagi 04-02/42-sonli farmoyishiga asosan Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan «Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun» shiori ostida “O‘zbegim oshlariga marhamat!” nomli osh chempionati  o‘tkazildi.

Mazkur chempionatni tashkil etishda hamda chempionatda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i I.Islomov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

“O‘zbegim oshlariga marhamat!” nomli osh chempionati qiziqarli hamda ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda fakultetlarning yoshlar yetakchilari osh tayyorlash boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Ushbu musobaqada institutimizning 6 nafar yoshlar yetakchilari o‘zaro bellashdilar.

Institut hakamlar hayʼati ishtirokchilarning qozon-oʻchoqlari atrofi tozaligi, ishlash tartibi, masalliqlarning tarkibi, ularni toʻgʻri tayyorlash, ijodkorligi va taom taqdimoti, sifati hamda koʻrsatkichlari boʻyicha baholab borishdi.

Osh chempionati davomida iqtidorli talaba-yoshlar oʻzlarining diltortar qoʻshiqlari bilan barchaning koʻnglini xushnud qildi.

Hakamlarning yuqori bahosi hamda olqishiga sazovor boʻlgan oshpazlar:

Arxitektura va qurilish fakulteti yoshlar yetakchisi Quvvatov Inom tomonidan tayyorlangan bayramona palov I oʻrinni;

Sanoat texnologiyalari fakulteti yoshlar yetakchisi Mahkamov Javohir tomonidan tayyorlangan bayramona palov II oʻrinni;

Qurillish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti yoshlar yetakchisi Isoqov Bekzod tomonidan tayyorlangan bayramona palov III oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.